Davlat xizmatlari agentligi direktorining tadbirkorlarga murojaati
Manba:Davlat xizmatlari yangiliklari
❗️“Dostavşçik” sifatida BMW X7 va Mercedes kabi premium-klass avtomaşinalarga ruxsat olişga ariza berayotgan hamda vijdoni yöq va afsuski, tadbirkor şaʼniga katta doğ tuşirayotgan “uddaburon, uçar” tadbirkorlarga
I L T I M O S N O M A
Har yerda ruxsatnomalarni “sotiş” haqida gapirilmoqda. Buning asosiy sababi nimada?
Karantin davrida oziq-ovqat savdosi va umumiy ovqatlaniş korxonalarining yetkazib beriş xizmatlari uçun (kuryerlik va “dostavka”) avtotransportlarga maxsus ruxsatnomalar berilişi belgilangan. Bugungi kunda bunday toifadagi arizalar soni 30.000 dan ortiqni taşkil etmoqda.
Eʼtiborlisi, aynan mazkur korxonalar tomonidan “premium-klass“ avtotransport vositalariga, şu jumladan, BMW X7, Mercedes, Leksus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker va şunga öxşaş maşinalar uçun ham “kuryerlik”ni amalga oşiriş uçun arizalar yuborilmoqda.
Uşbu arizalarga ilova qilingan hujjatlarda mazkur toifadagi avtomaşinalarni haydovçilari kuryer sifatida rasmiylaştirilgan iş beruvçining buyruğini taqdim qilmoqda.
Mamlakatimizda hukm surayotgan uşbu oğir kunlarda bunday işlarni amalga oşirişga “uddaburon” tadbirkorlarimizning vijdonlari qanday qilib yöl qöymoqda ekan?
Aynan uşbu “premium-klass” maşinalar egalari virus tarqatuvçi bölib çiqsa-çi? Mayli, pul uçun hamma narsaga tayyor ekansiz, heç bölmasa, yaqinlaringiz soğligi haqida heç öylab kördingizmi? Axir bu virus “domino” effekti orqali tarqaladi-ku?
“Premium-klass“ haydovçilari, uşbu mablağni hozirgi şaroitda qiynalib qolgan ehtiyojmand oilalarga sarf etsangiz ruhiyatingiz yengil tortarmidi?
Maxsus ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş uçun Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tinmay mehnat qilmoqda. Bizda har bir hujjatning haqqoniyligiga alohida baho beriş katta qiyinçiliklar tuğdirmoqda.
Bunga asosiy sabablardan biri siz bölmoqdasiz !
Aynan Sizdek “hurmatli”lar tufayli, haqiqatdan ham oziq-ovqat, dori-darmon, don mahsulotlarini yetkazib beruvçilar tegişli ruxsatnomasini öz vaqtida ololmayapti!
Balki Sizda uyat, vijdon kabi his-tuyğular kamroq, xudbinlik esa köproqdir, lekin Sizni jinoyat kodeksidagi javobgarlikning muqarrarligi prinsipi normalari ham qörqita olmaydimi? Insoniylik his tuyğulari ham şunday vaziyatda uyğonmaydimi?
Biroq bitta narsani aniq bilişingizni hohlaymiz, ğarazli maqsadingiz yölida hujjatlarni soxtalaştirişga jinoiy javobgarlik muqarrardir.
Qadrli fuqarolar! Insonligimizni unutmaylik. Özimizdan boşqalarni ham öylaylik.
Töğri tuşunganingiz uçun minnatdorman.
Xalilillo TURAXUJAYEV,
Davlat xizmatlari agentligi direktori

