Özbekiston hududlarida koronavirus bemorlari taqsimoti
MAMLAKATIMIZNING QAYSI HUDUDLARIDA KORONAVIRUSGA ÇALINGAN BEMORLAR DAVOLANIŞMOQDA, ULAR QAYSI HUDUDLARDAN?
Avval xabar qilganimizdek, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni taşkil etmoqda. Ularning 92 nafari (şundan 7 nafari soğaygan, bir nafari vafot etgan) poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida, qolgan 66 nafari (şundan bir nafari vafot etgan) esa qator viloyatlardagi şifoxonalarda muolaja olişmoqda.
Jumladan, Farğona viloyatida koronavirus infeksiyasiga çalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Farğona uşbu körsatkiç bilan Toşkent şahridan keyingi örinda turadi. Ularning 9 nafari farğonalik. Qolgan 4 nafari andijonlik, 1 nafari jizzaxlik, 3 nafari samarqandlik,7 nafari poytaxtlik, 2 nafari Toşkent viloyatidan. Kasallikka çalinganlarning 17 nafari şu yilning 25-mart kuni bitta reysda Turkiyadan Farğonaga çarter reysda kelişgan yölovçilar orasida aniqlangan. Şu kuniyoq ular statsionar karantinga olinib, kasallik tasdiqlangaç ixtisoslaşgan tibbiyot muassasasiga ötkazilgan.
Namangan viloyatida esa 15 holatda uşbu infeksiya aniqlangan. Ularning 13 nafari 12 va 13-mart kunlari Turkiya safarida bölib qaytişgan ikki nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarodan yuqtirib olişgan. Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan şifoxonada davolanişmoqda. Ilgari xabar berganimizdek, bir nafar bemor vafot etgan.
Andijon viloyatida 8 nafar bemor bor va ularning barçasi andijonliklar. Bundan taşqari boşqa viloyatlarda yana 6 nafar andijonlik bemor bor — 2 nafari Buxoroda, 4 nafari Farğonada viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanişmoqda.
Hozirda bir nafar xorazmlikda uşbu infeksiya tasdiqlangan. Ammo viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida bundan taşqari, yana 5 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 2 nafari surxondaryolik, 1 nafari buxorolik, 1 nafari qoraqalpoğistonlik, 1 nafari esa farğonalik hisoblanadi.
Buxoro viloyatida 8 nafar, jumladan, Andijon va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati hamda Toşkent şahri va Toşkent viloyatidan 1 nafardan bemor davolanmoqda. Ularning 4 nafari 22-mart kuni Istanbul – Buxoro çarter reysida va yana 4 nafari esa 24-mart kuni Moskva – Buxoro çarter reysida kelgan va karantinga olingan, kasalligi tasdiqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanişmoqda.
Bundan taşqari, yuqorida taʼkidlaganimizdek, Moskvadan çarter reysida kelib, kasalligi tasdiqlangan 2 nafar buxorolik poytaxtimizda va 22-martda Moskvadan çarter reysida Urgançga uçgan bir nafar uşbu viloyat fuqarosi Xorazm yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda.
Ayni vaqtgaça uç nafar qaşqadaryolikda uşbu infeksiya aniqlangan. Şundan bemor bilan muloqot orqali uşbu infeksiyaga çalinib bir nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanayotgan bölsa, qolgan 2 nafari 21-mart va 28-mart kunlari Moskvadan kelgan şahrisabzlik va yakkaboğlik fuqarolarda aniqlangan. Ular poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasida muolaja olişmoqda.
Navoiy viloyatidan ham 2 nafar asli uşbu hududdan bölgan va kasallikka çalingan bemor bilan muloqotda bölgan fuqaroda infeksiya aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan muassasada davolanişmoqda.
Koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar haqida batafsil maʼlumot berib borişda davom etamiz.
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilikbilan aloqalar bölimi
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


