Ayrim toifa şaxslarga Özbekistonga kiriş va çiqişga ruxsat berildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0⚡️Ayrim toifa şaxslarga Özbekistonga kiriş va çiqişga ruxsat berildi
Joriy yilning 15-iyunidan quyidagi toifadagi şaxslarga aviaqatnovlar orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bölgan davlatlarga Özbekistondan çiqiş va kirişga ruxsat berildi:
➖xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila-aʼzolari;
➖investitsiya loyihalari doirasidagi Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boşqa taşkilotlar mutaxassislari;
➖davolaniş uçun kelayotgan (çiqayotgan) şaxslar;
➖xorijda yaqin qarindoşlari yoxud oğir kasal bölgan qarindoş-uruğlari mavjud bölgan şaxslar;
➖xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari sörovlariga asosan Özbekiston orqali boşqa davlatlarga olib ötilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) şaxslar;
➖Özbekistonda doimiy röyxatdan ötgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek, xorijiy davlatda doimiy röyxatdan ötgan Özbekiston fuqarolari.
👉 @xushnudbek 👈



