Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonga keluvçilar uçun karantin qoidalari belgilandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

✈️ Qaysi xorijiy davlatlardan kelgan fuqarolar karantinga olinmasligi maʼlum qilindi

1️⃣ Özbekistonga sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bölgan (yaşil reyslar) – Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun uşbu mamlakatlarda bölib turgan) kirib kelgan şaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;

2️⃣ koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari kamaygan (sariq reyslar) – Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun uşbu mamlakatlarda bölib turgan) kirib kelgan şaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;

3️⃣ koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari kamaymagan (qizil reylar – evakuatsiya reyslari) – qolgan boşqa davlatlar, şu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afğoniston, Rossiya va boşqa MDH davlatlaridan kirib kelgan şaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.

Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bölgan
va yaxşilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bölgan, şuningdek, oğir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan şaxslarga Özbekistonga keliş uçun aviabiletlar realizatsiya qilinmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek