Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Prezidentga neça kun mehnat taʼtili beriladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0

Prezidentga neça kun mehnat taʼtili beriladi?

Prezidentning mehnat taʼtiliga çiqqanligi haqidagi xabar köpçilikka qiziq albatta. Şu sababli xuddi şu mavzuda 2019-yili yozgan postimni kiçik tahrirlari bilan yana bir marta eslatmoqçiman.

Prezident neça kun mehnat taʼtiliga çiqişi mumkin? U mehnat taʼtiliga çiqqanda uning vazifalarini kim bajarib turadi? Keling, şu va şu kabi boşqa masalalar haqida gaplaşsak.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida»gi Qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan taʼtil beriladi.

Prezident mehnat taʼtiliga çiqqanda uning vazifalari kimningdir zimmasiga yuklanişi haqida qonunçilikda birorta qoidaga közim tuşmagan. Menimça, bunday qoida yöq va bu töğri. Çunki Prezident xalq tomonidan saylangan oliy vakolatlarga ega şaxs hisoblanadi, uning vazifalarini vaqtinça xalq saylamagan şaxsga berilişi joiz emas.

Faqat Konstitutsiyamizning 96-moddasida birgina qoida bor, amaldagi Prezident öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Oliy Majlis Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi. Bunda asosiy şart – 3 oy içida navbatdan taşqari saylov ötkazilişi kerak. «Öz vazifalarini bajara olmaydigan holat»ga aynan nimalar kirişiga izoh berilmagan, lekin mehnat taʼtili bunga kirmasligi aniq.

Olgan maʼlumotlarimizga köra, Şavkat Mirziyoyev 14 yil Boş vazir, qariyb 3 yil Prezident lavozimidagi faoliyati davomida ilk bor 2019-yilda mehnat taʼtiliga çiqqan edi. Bu ikkinçisi.

Davlat rahbarining mehnat taʼtiliga çiqqanligi töğrisidagi 2 qatorli kiçkina xabar tört jihatdan muhim ahamiyatga ega:

Birinçidan, bu Prezidentga oid maʼlumotlar auditoriyasining kengayişidir va bu yaxşi. Bizda yillar davomida Prezidentga oid xabarlar jamoatçilikdan sir tutilgan, juda kam maʼlumot OAVga sizdirilgan.

Ikkinçidan, 2020-yilda pandemiya sabab Hukumat juda tiğiz grafikda işladi. Davlat xizmatçilari yoki onlayn, yoki offlayn bölsada, yana normalanmagan iş rejimiga eski davrga qaytib qoldi. Boz ustiga ötgan yili pandemiyadan taşqari ham bir neçta boşqa yirik fojialarni kördik. Bugungi xabar öz-özidan uşbu favqulodda iş rejimi ança möʼtadillaşgani va iş tartibida biroz xotirjam böliş mumkinligiga işoradir.

Uçinçidan, bizda yillar davomida mehnat taʼtiliga çiqmasdan işlaş öziga xos «anʼana» tusiga kirgan. Ayniqsa rahbarlar orasida. Ularning mehnat taʼtiliga çiqişi, xuddiki işdan qoçiş yoki dangasalik sifatida qaralişidan xavotir olişadi. Ammo albatta bu mehnat qonunçiligi böyiça maʼqullanmaydigan «anʼana».

Prezidentning mehnat taʼtiliga çiqqanligi haqidagi xabar şunisi bilan ijobiyki, bu quyi böğin rahbarlariga yana bir öziga xos signal vazifasini ötaydi. Demak, qolgan rahbarlar ham mehnat taʼtiliga çiqişi mumkin, bu uyatli iş emas, yoxud öşa rahbarsiz butun tizim taqa-taq töxtab, işlar orqaga ketib qolmaydi.

Barça xodim, u qaysi lavozimda işlaşidan qatʼi nazar, qonunçilikda belgilangan mehnat taʼtilini olişi kerak.

Törtinçidan, Prezidentning mehnat taʼtiliga çiqqanligi töğrisidagi xabar ayrim boşqa davlatlarning rahbarlari bilan bölgan hodisaga öxşaş holatlarning oldini oliş uçun yaxşi. Yaʼni maʼlum muddat matbuotda çiqiş qilmaslik ortidan davlat rahbarining soğliği bilan boğliq turli miş-mişlar paydo bölişi mumkin edi. Ayniqsa pandemiya davrida bu juda aktual.

Har ne bölganda ham, Şavkat Mirziyoyevga maroqli dam tilaymiz. Mehnat taʼtili samarali ötişiga tilakdoşmiz 😊

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek