Özbekistonga kelgan 21 yölovçida koronavirus aniqlandi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Sönggi bir haftada Özbekistonga kirib kelgan 21 yölovçida koronavirus aniqlandi
Sönggi bir haftada Özbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yölovçi kirib kelgan bölsa, şulardan 21 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Toşkent xalqaro aeroportida ekspress test oliş jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan şartnomaga asosan “Tibbiyot dunyosi” MÇJ amalga oşirmoqda. Ekspress test narxlari mazkur taşkilot örnatgan tariflarga binoan 25-28-dekabrga qadar 150 ming sömdan, 28-dekabrdan to bugungaça 95 ming söm, talabalar uçun 50 ming söm miqdorida belgilangan.
«Maxsus komissiya körsatmasiga köra, aeroportdan uçib ketiş vaqtida PZR testi olinadi, Özbekistonga uçib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga ştrix kodlarini qöyiş orqali maʼlum qilinadi», deyiladi kompaniya xabarida.
Virus aniqlangan holatda SES mutaxassislari tomonidan fuqarolar tegişli hududda joylaşgan koronavirus infeksiyasini davolaşga ixtisoslaşgan muassasalarga joylaştiriladi yoki uy şaroitida davolanişga yönaltiriladi.
👉 @xushnudbek 👈


