Prezidentga neça kun mehnat taʼtili beriladi
Prezidentga neça kun mehnat taʼtili beriladi?
Köpçilikka qiziq, Prezident neça kun mehnat taʼtiliga çiqişi mumkin? U mehnat taʼtiliga çiqqanda uning vazifalarini kim bajarib turadi? Keling, şu va şu kabi boşqa masalalar haqida gaplaşsak.
«Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida»gi Qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan taʼtil beriladi.
Prezident mehnat taʼtiliga çiqqanda uning vazifalari kimningdir zimmasiga yuklanişi haqida qonunçilikda birorta qoidaga közim tuşmagan. Menimça, bunday qoida yöq va bu töğri. Çunki Prezident xalq tomonidan saylangan oliy vakolatlarga ega şaxs hisoblanadi, uning vazifalarini vaqtinça xalq saylamagan şaxsga berilişi joiz emas.
Faqat Konstitutsiyamizning 96-moddasida birgina qoida bor, amaldagi Prezident öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Oliy Majlis Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi. Bunda asosiy şart – 3 oy içida navbatdan taşqari saylov ötkazilişi kerak. «Öz vazifalarini bajara olmaydigan holat»ga aynan nimalar kirişiga izoh berilmagan, lekin mehnat taʼtili bunga kirmasligi aniq.
Olingan maʼlumotlarga köra, Şavkat Mirziyoyev 14 yil Boş vazir, qariyb 3 yil Prezident lavozimidagi faoliyati davomida ilk bor mehnat taʼtiliga çiqibdi.
Davlat rahbarining mehnat taʼtiliga çiqqanligi töğrisidagi 2 qatorli kiçkina xabar tört jihatdan muhim ahamiyatga ega:
Birinçidan, bu Prezident matbuot xizmati uçun yangilik. Mustaqil Özbekiston tarixida hali biror marta bu haqida maʼlumot berilmagan. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning mehnat taʼtiliga çiqqanligi töğrisida, adaşmasam, qizi Lola Tillayeva-Karimovaning bir postida öqigandim. Ammo bu haqida heç qaçon matbuotga xabar berilmagan. Demak, matbuot uçun beriladigan oçiq xabarlar yönalişi yana bittaga boyidi.
Ikkinçidan, 2017-yilda Prezident tomonidan Hukumat vakillari hamda rahbarlar uçun 2 yilga favqulodda holat eʼlon qilingan edi. Bugungi xabar öz-özidan uşbu favqulodda holat yakunlangani va iş tartibida xotirjam böliş mumkinligiga işoradir.
Uçinçidan, bizda yillar davomida mehnat taʼtiliga çiqmasdan işlaş öziga xos «anʼana» tusiga kirgan. Ayniqsa rahbarlar orasida. Ularning mehnat taʼtiliga çiqişi, xuddiki işdan qoçiş yoki dangasalik sifatida qaralişidan xavotir olişadi. Ammo albatta bu mehnat qonunçiligi böyiça maʼqullanmaydigan «anʼana».
Prezidentning mehnat taʼtiliga çiqqanligi haqidagi xabar şunisi bilan ijobiyki, bu quyi böğin rahbarlariga yana bir öziga xos signal vazifasini ötaydi. Demak, qolgan rahbarlar ham mehnat taʼtiliga çiqişi mumkin, bu uyatli iş emas, yoxud öşa rahbarsiz butun tizim taqa-taq töxtab, işlar orqaga ketib qolmaydi.
Barça xodim, u qaysi lavozimda işlaşidan qatʼi nazar, qonunçilikda belgilangan mehnat taʼtilini olişi kerak. Yaxşi dam – mehnatga hamdam, deyişmagan bejizga.
Sönggi 3 yillikda mehnat qonunçiligiga oid bu kabi signallar köp bora berildi. Yakşanba kuni işga çiqmaslik, şanba kuni vaqtliroq ketiş, erta tong yoki yarim keçasi majlislar qilmaslik va h.k. Garçi ahvol yaxşilangan bölsa-da, ammo ming afsuski hali amaliyotda bunga töla rioya qilinmoqda, deya olmaymiz. Öşa-öşa majlisbozlikni davom ettirayotganlar ham yöq emas. Lekin eng muhimi bu gaplarning eng yuqori darajada aytilayotgani, turli signallar berilayotgani. Qolganini vaqt ötişi bilan izga tuşib ketişidan umidvormiz.
Törtinçidan, Prezidentning mehnat taʼtiliga çiqqanligi töğrisidagi xabar Turkmaniston Prezidenti bilan bölgan hodisaga öxşaş voqealarning oldini oliş uçun ham berildi. Yaʼni maʼlum muddat matbuotda çiqiş qilmaslik ortidan turli miş-mişlar paydo bölişi mumkin edi.
Har ne bölganda ham, Şavkat Mirziyoyevga maroqli dam tilaymiz. Mehnat taʼtili samarali ötişiga tilakdoşmiz 😊
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

