YATTlar jismoniy şaxslar kabi daromad soliği tölaydi

Matn1-noyabr, 2019, 14:512 daqiqa0 koʻrish

YATTlar jismoniy şaxslar kabi daromad soliği tölaydi

2020-yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik aʼzolari ham jismoniy şaxslar kabi daromad soliği tölaşga ötadi. Hozirda ular qatʼiy belgilangan soliq tölaydi.

@the_bakiroo bu yangilik böyiça quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi:

«Özi mohiyatiga köra na yuridik, na jismoniy şaxs bölgan xususiy tadbirkor - yakka tartibdagi tadbirkor kategoriyasi asosan sobiq Sovet ölkalaridagina, faqat soliq tuşumini yiğişni maksimallaştirişni közlab keng işlatiladi (rağbatlantiriş funksiyasi yöq bunda).

Normal dunyoda qator murakkab iqtisodiy jarayonlardan iborat bölmagan faoliyat turlari bilan jismoniy şaxslar jismoniy şaxs sifatida şunçaki soliq organlarini xabardor qilib qöyib, bemalol şuğullana oladi va soliqlarni deklaratsiya tartibida tölaydi.

Masalan, men ertadan uyda sartaroşxona yoki kiçik oşxona oçmoqçiman, bu haqda soliq organlarini xabardor qilaman va yil yakuni böyiça deklaratsiya töldiriş orqali soliq tölayman. Umid qilamizki, şu kunlarga tezroq yetib boramiz.

Anglaşilmovçiliklar bölmasligi uçun aytiş lozimki, yakka tartibda faoliyat yurituvçi tadbirkorlik subyektlariga soliq tölovçi emas, özini özi iş bilan taʼminlovçi sifatida qaraşni boşlasak, köp muammolar izga tuşib ketadi.

Bu özining avtomaşinasida kira qilayotgan, özining uyida non yopayotgan, özi pişirgan ovqatni sotayotgan, hunarini işga solib soç-soqol olayotgan, kiyim tikayotgan, biçayotgan, umuman olganda asosan özining şaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatini işga solib tirikçilik yukini tortayotgan fuqarolardir. Ularni faol va murakkab soliqlarga tortib budjet kirimi masalalarini hal etmoqçi bölgan davlat faqat aks natijalarga erişadi».

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek