Xushnudbek Xudoyberdiyev xatolari uchun uzr so'radi
Aytgança, şu kunlarda orttirgan yana bitta juda katta saboğim şu böldiki, insonlarning aybini oçişga köp ham intilmaslik kerak ekan. Çunki Alloh Sizning aybingizni oçib qöysa, bundan yomoni yöq ekan.
Odam bir işning yomonligini öz tanasida his qilsa, yaxşi dars olarkan.
Masalan, biroz muddat oldin Qamariddin Şayxov bir qança saytlarni yomonlab maqola çiqardi. Maqolasidagi fikrlari menga yoqmadi va Qalampir.uz saytining özini xatosini körsatib, rasmlari bilan birga keskin tanqidiy sözlar bilan post yozgandim. Öşa payti buni juda oddiy qabul qilganman. "Ha, nima, fikri yoqmadi, özi oppoqmas, xalq bilib qöysin buni", degan fikr ötgan. Kibr bölganmikin, bu fikrlar, tovba qildim.
Qaytar dunyo, maʼlum muddat ötgaç, bu özimning boşimga tuşdi. Öşa payti köngliga qattiq olgan ekan çoği, birinçi xato qadamimdayoq özimga qaytardi. Masalan, mening atrofimdagilar rasmlarim bilan birga çiqargan maqolasini qoralaşdi, “Sen öldiga çiqarganing yöqku, xuddi bu miş-mişni sen töqib çiqarganday atayin provakatsiya qilibdi” deyişdi. Yaqinlarim bölgani uçun şunaqa öylaşlari tabiiy.
Lekin Alloh şohid, negadir buni juda normal qabul qildim. Aslida şunday bölişi kerakday xuddi. Çunki hayotda baʼzan şunday voqealar böladiki, notöğri yölga ketayotganingda, xulosa çiqarib oliş uçun Alloh sinov yuboradi. Balki Sizga bu kulguli gapdir, lekin men bunga qattiq işonaman. Demak, kelgusida bilib-bilmay özgalarning şaʼnini oçiq-oydin yerga uriş, butun xalqqa "xatosini körsatib qöyib" mazax qiliş qançalik yomonligini tanamda his qilişim uçun şu voqealar kerak bölgan, deb xulosa qildim.
Yoki Feysbukda ayrim qonunçilikka oid notöğri fikr yozganlarga juda keskin javob qaytarişni boşlaganimni esladim. “Şuni ham bilmaysizmi, bilmasangiz nega gapirasiz, qonunni varoqlasangiz bölmaydimi?” deb yozganlarimni eslab, uyalib ketdim. Baʼzan hamma Sizni maqtayversa, olqişlayversa, yozganliringizni minglab insonlar öqişini, Siz bilan kerak bölsa hisoblaşişlarini his qilsangiz, özingizni yöqotib qöyişingiz rost. Yerga qaytib tuşiş uçun ham ketma-ket ikkita voqea böldi va bundan xursandman. Xayrlisini bersin, deb niyat qildim.
Şu çoqqaça kimning diliga ozor yetkazgan bölsam, Hayit arafasida hammadan uzr sörayman. Çin dildan.
Hayitingiz muborak bölsin!
