Avtomobil yöllari qömitasi imom-xatibdan raddiya talab qilmoqda

Matn4-iyun, 2021, 21:002 daqiqa0 koʻrish

​​Avtomobil yöllari qömitasi imom-xatibdan maʼruzasi uçun raddiya talab qilmoqda

Yuqoridagi sörovnomani bejizga qayta eʼlon qilmadim.

65 ming kişi qatnaşgan sörovnomada ovoz beruvçilarning salkam yarmi (46%) yöllarimiz rasvo ekanligini aytgan bölsa, 29% ovoz berganlar qoniqarsiz, deb javob bergan. Dahşat-a?

Buni qarangki, xalqning katta qismi yöllarning rasvoligini taʼkidlasa ham, lekin Avtomobil yöllari qömitasi boşqaçaroq fikrda ekan.

Gap nimada?

Toşkentdagi «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinov juma maʼruzalaridan birida yöl qurilişi tizimini tanqid qilgan. Jumladan, Rahmatulloh qori şunday degan:

«Kattasidan tortib oddiy işçisigaça, Alloh meni körib turibdi, deb yöl qursa nima böladi, birodarlar, yöllar yomğir yoqqaç çökib ketmaydi, yangi yöl qurilgaç yil böyi remont bölib yotmaydi.

Agar Alloh körib turibdi desa, öğirlik bölmaydi.

Bu axir qanday şarmandalik. Yangi yöl tuşadi-yu faqat uni örab remont qilib yotadi, Buyoğini endi remont qilsa, buyoği çökib ketaveradi.»

Avtomobil yöllari qömitasi esa imom-xatibning maʼruzasidan norozi bölib Özbekiston Musulmonlari idorasiga şikoyat kiritibdi.

Qömita uşbu maʼruza uçun raddiya berilişini söramoqda.

Xöp, nima deb raddiya berilişi kerak? Yöllarimiz oynadek tekis, birorta çuqur yöq, yöl-köprik qurilişiga ajratilgan milliardlab pullarning 1 sömi ham talon-toroj qilinmaydi, butun xalqimiz yöllarimiz sifatidan rozi, deb aytilişi kerakmi? Buning yolğonligini barça bilib tursa ham, lekin nozik köngilli Qömita rahbarlariga şunaqa közböyamaçilik kerakmi?

Qiziq, deputat tanqid qilganda sudga berişsa, imom-xatib hammani insofga çaqirganda raddiya söraşsa... Undan köra, muammolarni töğrilaş bilan şuğullanişsa bölmasmikin?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Sörovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing