Prezident yo‘llar holati uchun yo‘l qo‘mitasi rahbarini tanqid qildi
Maʼlumot uçun:
2021-yil 8-fevral kuni Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga safari doirasida Farğona şahridagi «Şodiyona» mahallasiga kutilmagan taşrif bilan borgani yodingizda bölsa kerak. Öşanda yöllarning açinarli ahvolini körib, Avtomobil yöllari qömitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyevga tanbeh bergandi.
Jumladan, davlatimiz rahbari şunday degan edi:
«Mana şu yöllarga kim javob berişi kerak? Sen şunça yonimda yurgan odamsan, nega şuni aytmaysan? Bu yöllar sifati şarmandalik emasmi? Mayli, tumanlarda heç balo qilmabsan, şaharda-çi? Nega men aytmasam qilmaysan şuni, tört yildan beri yonimda yuribsan-ku? Şunça pul beryapman, nega özingni qiynamaysan? Nega taklif bermaysan, nega hammang befarqsan? Hozir yana ketasizlar, yana eski hammom, eski tos böladi».
Yana bir maʼlumot, joriy yil yanvar oyida faoliyatidagi kamçiliklar tufayli transport vaziri örinbosari - Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan eʼlon qilingandi.
👉 @xushnudbek 👈

