Xushnudbek Xudoyberdiyev Adliya vazirligi bilan bog‘liq holat haqida

Matn14-iyun, 2018, 16:461 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mana, nima uçun bizda faqat sukunat varianti tanlanadi. Lekin öşa paytda töğri qildim, deb öylayman. Odamlar uçun emas özimning halovatim uçun vaqtida uzr sörab notöğri iş qilmadim, deb hisoblayman. Könglim xotirjam, yaxşilikka yöydim.

Adliya vazirligi holati sal boşqaçaroq, bu kasbiy faoliyat bilan boğliq. Masalan, 100 ta yurist orasida sörov qilsa, yarmidan köp adaşişi mumkin bu holatda (lekin birortasi internetda yozib çiqmaydi, farqi şunda). FHDY organlarining yuridik şaxs emasligi sababli, ularga qarşi aytgan fikrim notöğri bölib çiqdi. Demak, özim uçun yangi bilim orttirdim. Garçi bu bilimning yuki ança oğir bölgan bölsa ham, har holda könglim xotirjam, yaxşilikka yöydim.

Adliyadagilarning menga nisbatan munosabati qançalik özgardi, bunisi qoronğu. Köpçilikning jahli çiqqandir, köpçilikning ensasi qotgandir, ayrimlari allaqaçon meni yomon körişni boşlagandir. Töğrida, bitta yoş bola ularning şunça yillik tajribasini söroq ostiga qöyadiyu, jahli çiqmaydimi? Lekin asosiysi köngil töğri bölsa, ğarazgöylik bölmasa, qolgani heç narsa emas.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek