Tahoratning qiyomat kunidagi fazilati haqida hadis
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Albatta, ummatim qiyomat kuni tahoratning asaridan peşonalari va oyoq-qöllaridan oppoq nur taralib turgan hollarida çaqirilurlar. Bas, sizdan kim öz peşonasidagi qaşqasini uzaytirişga qodir bölsa, şuni qilsin", dedilar».
Beşovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Islom dinida poklik iymondan hisoblanib, unga öta jiddiy qaraladi. Islomda barça ibodatlarning qabul bölişi uçun bandaning avvalo qalbi, niyati va jismi pok bölişi lozim.
Köpçilikning yuzlari qoraygan, betlarini ğubor qoplagan qiyomat kunida Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatlarining yuzlari va qöl-oyoqlaridan kişilarning havasini keltiradigan darajada nur taralib, gözal holatda ajralib turar ekanlar. Şunday ekan, doimo tahoratli yuraylik, qiyomat kuni peşona va qöl-oyoqlarimizdan taraladigan nurni uzaytirişga harakat qilaylik!
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈


