Islom dinida salomatlik neʼmati va uning ahamiyati
Islom dinida inson salomatligi eng katta neʼmatlardan hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlariga salomatlik neʼmatni doimo Alloh taoloning Özidan sörab turişga buyurganlar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Allohdan yaqiynni va mustahkam soğlikni söranglar. Zero, odamlarga yaqiyn va mustahkam soğlikdan köra yaxşiroq narsa berilmagan", deganlarini eşitdim».
Imom Termiziy rivoyat qilgan.
"Yaqiyn" mustahkam iymondir. Demak, bandaga Alloh tomonidan berilgan neʼmatlar içida eng birinçi örinda mustahkam iymon tursa, undan keyin esa, soğlik turar ekan.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Mukammal saodat yöli» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈



