Nurafşonda maktablar örtasida Zakovat turniri ötkazildi
Keça Nurafşon şahri (avvalgi Töytepa) maktablari örtasida “Zakovat” turniri bölib ötdi. Aytsam balki işonmassiz, uşbu turnir Nurafşon şahar prokurori Muratov Jahongir taşabbusi bilan ötkazildi va ğolib jamoaga “Prokuror kubogi” topşirildi.
Intellektual musobaqada Nurafşonning 13 ta maktabidan jami 26 ta jamoa qatnaşdi, yaʼni har bir maktabdan 2 tadan jamoa.
Jamoalarga 24 ta savol berildi va ular öz javoblarini maxsus qoğozlarga yozgan holda taqdim qilişdi. Har bir topgan töğri javobga 1 oçkodan berildi, yakunda eng köp javob topgan jamoa ğolib böldi.
Umumiy natijalarga köra, 13-maktabning “Qalqon” jamoasi 12 oçko bilan 1-örinni, 62-maktabning “Respect” jamoasi 11 oçko bilan 2-örinni, 9-maktabning “Nur” jamoasi esa 9 oçko bilan 3-örinni qölga kiritdi.
Rostini aytsam, bolalar juda mazza qilişdi. Savollarni muhokama qiliş jarayonida şunaqangi kirişib ketişdiki, ularni körib mening zavqim kelib ketdi. Töğri javob topgan payti bolalarning quvonçdan hayqirişlariniku aytmasa ham böladi.
Keça Nurafşon şahrida bölgan tadbirning şaxsan men uçun quvonarli joyi, bunday xayrli taşabbus aynan şahar prokuroridan çiqqani va şahar xalq taʼlimi bölimi bilan hamkorlikda taşkil qilingani böldi (eʼtiborli tomoni prokuror ham, "gorono" mudiri ham yangi, yoş kadrlardan). Qolgan taʼlimga mutasaddi şaxslardan ham ilmga qaratilgan loyihalar böyiça TAŞABBUS kutib qolamiz, hamkorlikka esa biz doim tayyormiz.
ŞU JOYIGA DARDIMNI AYTIB OLAY:
Xuddi şunaqa turnirlarni maktablar, kollej va litseylar, OTMlar örtasida ötkaziş haqida turli joylarda bir neça yillardan buyon taklif berib kelamiz. Lekin qöllab-quvvatlaydiganlar, bilimga oid loyihalarga eʼtibor beradiganlar topilmayapti.
Masalan, Xalq taʼlimi tizimida 10 minglab maktablar örtasida xuddi şunaqa intellektual turnirni ötkaziş mumkin. Avval tumanlar kesimida, keyin viloyat bosqiçi va oxirida respublika bosqiçi. Işonasizmi, butun respublika böylab turnirni ötkaziş uçun atigi 2 hafta yetarli böladi. Va eng asosiysi “Zakovat” turnirlari deyarli xarajat va ortiqça ovogarçiliklarni talab etmaydi. Nari borsa sovğalarga xarajat ketadi xolos.
Taxminan 70 mingga yaqin maktab öquvçilarini qamrab olsa böladi. Agar doimiy tögaraklar taşkil qilinsa, har hafta 200-300 ming öquvçini intellektual tögaraklarga jalb qiliş mumkin. Tasavvur qilyapsizmi, har hafta!
Buning uçun bizda, yaʼni “Zakovat” klubida hamma imkoniyat yetarli. Eng yuqori saviyada va bolalarning uzoq vaqt xotirasida qoladigan darajada taşkil qilib bera olamiz.
Faqat yuqorida aytganimday, bunga haqiqatdan qiziqadiganlar kam, millardlab pul sarflanadigan va samarasi kam bölgan loyihalar tezda amalga oşib ketadi, lekin arzimagan xarajat bilan yoşlarni bilimga çorlaydigan loyihalarga qiziqiş bildirişmaydi. Tovba, teskari dunyo...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3
