Toşkent aholisi soni böyiça rasmiy va norasmiy maʼlumotlar
Manba:Тошкент кўчалари
Toşkentda qança odam yaşaydi?
Davlat statistika qömitasining yozişiça (.pdf), 2018-yil 1-yanvar holatiga köra Özbekistonning doimiy aholisi soni 32 653 900 kişini taşkil etgan. Şundan 7,6 foizi — 2 481 696 (yana 0,4 qoldiği ham bor) kişi Toşkent şahrida yaşaydi. Keling, umumlaştirib, Toşkentda rasman 2,5 million aholi yaşaydi, deymiz.
Prezidentning Andijondagi keçagi selektori yana tarixiy böldi. Birgina «DXX körgan tuşingdan boşqa hammasini biladi» degan bayonotning özi qançalik tarixiy (Snouden, tuzukmisan?). Yana, Daryo-Layvning yozişiça, selektorda Jahongir «Artel» Ortiqxöjayev Toşkentda 3,5 million aholiga boş qilingani aytilibdi.
Qiziq. 3,5 million — bu şaharning doimiy aholisimikin yo har kunlik keldi-ketdilarning iştirokçilari, yo vaqtinçalik propiska bilan yaşayotgan, yo umuman propiskasizlar, xullas, şaharga qisqa va uzoq muddatga kirib çiqayotgan hamma nazarda tutilganmikin? Yo rasmiy statistika xatomi?
Umuman olganda, yana bir qiziq jihat bor — 1991-yili Özbekiston doimiy aholisi soni 20,6 million kişini taşkil etgan (.xls). 2016-yilda esa 31,5 million kişidan oşgan (25 yilda +11 mln, deyarli). Toşkent xalqi esa 1991-yilda 2,130 mln kişi bölgan böla, 2016-yilda 2,393 mlnga yetgan (25 yilda +283 ming).
Taqqoslaş uçun, masalan, 1991-yilda aholisi soni Toşkent şahriniki bilan deyarli bir xil bölgan va nuqul suvsizlikdan qiynaladigan Farğona viloyatida aholi soni 25 yilda salkam 1,4 million kişiga köpaygan; sönggi çorak asrda elektrsizlik, çiroqsiz yaşaş odatiy hol bölib qolgan Samarqand viloyatida 1991-yilda 2,2 million aholi bölgan (öşa yildagi Toşkentniki bilan deyarli bir xil), 25 yilda qariyb 1,5 millionga köpayib, 3,6 milliondan oşgan (25 yil içida yana qançasi Grinkard yutib, Amerikaga ketgan).
Hatto ekologik şaroiti oğir Xorazmda ham aholi soni 25 yilda 710 ming kişiga köpaygan. Lekin suvi ham (nafaqat içimlik, balki issiq suvi ham!), çiroği ham, gazi ham bor, ekologiyasi ham haminqadar tuzukroq, iş topsa böladigan, bir söz bilan aytganda, mamlakatning eng farovon göşasi hisoblangan Toşkentning aholisi 25 yilda 283 ming kişiga köpayibdi. Albatta, men bunday statistikaga işonmagan bölardim.
- 👍 3
