Grant asosida öqigan talabalarni işga joylaştiriş muammosi

Matn21-fevral, 2019, 12:302 daqiqa0 koʻrish

Işga joylaştirişning zargarona tizimi

#muştariydan_maktub

Assalomualaykum. sizni davlat granti asosida o'qigan talabalar 3 yil majburiy ishlab berishi haqidagi maqolangizni o'qigandim. U yerda taqsimod kamissiyasi haqida ham aytilgan. Sizdan shuni so'ramoqchiydimki, OTM davlat granti asosida o'qigan bitiruvchilarni ish bilam taminlashlari kerakmi?. Taqsimot kamissiyasi ish taqsimlashadimi. Men ham bu yil bitiruvchiman, bizga 3 tamonlama shartnoma berib qo'yishgan hamma bitiruvchilarga. Ishni o'zlarimiz topib shartnomani ish beruvchiga tasdiqlatib bitta nusxasini OTM ga topshirishimiz kerak ekan. Lekin hech qaysi korxona yoki tashkilot o'qishni tugatmasdan oldin shartnomani tasdiqlashga rozi bo'lmayapdi. Biz nima qilishimiz kerak?. Iltimos maslaxat bersangiz. deyarli barcha bitiruvchilarning muommosi shu. sizga shartnomaning suratini yuboraman. Lekin Qoraqalpoq tilida yozilgan, tushunsangiz kerak menimcha

(anonimlik nuqtai nazaridan şartnoma rasmi eʼlon qilinmaydi)

Yaxşi eslayman, bunaqa tizim biz institutni bitirayotgan yilda (2010) ham bor edi. Öşa paytlarda ham bitiruvçilarning qöliga şartnoma berib, «qayerdandir işga joylaşganing haqida tasdiqlatib kel» deyişardi. Qayerga, kim bölib, bu umuman qiziq emas. Asosiysi peçat bölsa, kifoya.

Öşanda bir kursdoşimizning ukasini xususiy firmasi bor edi. Öşani peçatini olib kelib, guruhimizdagilarning hammasini şartnomasiga muhr qöyib, özi imzo qöyib bergandi. 30 nafar yurist bir yumalab, öşa xususiy korxonaga «işga kirib» qolgandik ))

Bunda OTMlarni ayblamoqçi emasman. Ulardan ham hisobotlar söraşadi. Bitiruvçilarning işga joylaşiş körsatkiçi past bölgan OTM rektorlari selektorlarda gap ham eşitsa kerak, hoynahoy. Öşançun yuqoriga beriladigan hisobotlarda «90% bitiruvçilar işga joylaşdi» deyiş uçun ham talabalarga aqlga siğmaydigan mantiqsiz talablar qöyiladi. Qoğozlarda, statistikada hammasi çiroyli bölişi uçun.

Işga joylaştiriş tartibining zörligini qarang: talabaning qöliga uç tomonlama şartnoma berib, «qayergadir işga joylaşiş kafolatini olib kel, yöqsa imtihonlarga kirmaysan (diplomingni olmaysan)» deyişadi, böldi. Şu bilan hamma işli, hamma baxtli. Qanday ajoyib!

Işga joylaştirişning dunyoda muqobili yöq bunaqa tizim faqat bizda bölsa kerak.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek