Bolalar uçun audioertaklar loyihasi taqdim etildi
Bolalar uçun audioertaklar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Bolalik kunlarimda” loyihasining taqdimoti bölib ötibdi.
Mazkur loyiha Agentlik va Maktabgaça taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Loyihaning asosiy maqsadi özbek xalq ertaklarining audio talqinini yaratiş orqali millatimizning ulkan madaniy merosi, xalq oğzaki ijodi namunalarini kelajak avlodga yetkazişdan iborat.
Loyiha doirasida, har oy yakunida 10 ta özbek va rus tillaridagi ertaklar jamlangan disklar taqdim etiladi.
Professional studiyada yozilgan audio ertaklar muntazam ravişda maxsus telegramm kanalda (@bolalikkunlarimda) muayyan vaqtda bepul uzatib boriladi.
Kelajakda bolalarning çet tillarini samarali özlaştirişini yölga qöyiş maqsadida audio ertaklarning inglizça versiyasini ham tayyorlaş közda tutilgan.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
