Bitiruvchilarni ishga joylashtirishdagi majburiy shartnomalar

Matn29-yanvar, 2020, 13:572 daqiqa0 koʻrish

Bitiruvçilarni işga joylaştirişning zargarona (özbekona) tizimi

#muştariydan_maktub (keça keldi)

Assalomu alaykum!

Bitta muammo bor - men 7 yil tulov-kontrakt asosida tibbiyot institutida úkiganman, keyin bir yil poliklinikada işlab, yana ukişga kirdim, magistraturaga. Yana tulov-kontrakt asosida.

Xozirda bitiruvçiman, lekin mendan 3 taraflama işga kiriş şartnomasini suraşyapti. Axir bunaqa majburiyat faqat byudjetda öqiganlarga-ku. 3 tomonlama şartnoma meni 3 yil işlaşga majburlaydi, lekin men şartnomani tuldirgim kelmayapti. Dekanat esa majburlayapti. Agar yuk desam - meni attestatsiyadan utkazişmaydi va diplom berişmaydi deyişdi. Şu tugrimi?

Nima kilsam buladi, kimga borsam buladi?

Imtixonda yikitişi mumkin, agar uç taraflama şartnoma olib kelmasam((

MUNOSABAT: Yaxşi eslayman, bunaqa tizim biz institutni bitirayotgan yilda (2010) ham bor edi. Öşa paytlarda ham bitiruvçilarning qöliga şartnoma berib, «qayerdandir işga joylaşganing haqida tasdiqlatib kel» deyişardi. Qayerga, kim bölib, bu umuman qiziq emas. Asosiysi 'peçat' bölsa, kifoya.

Öşanda bir kursdoşimizning ukasining xususiy firmasi bor edi. Öşani peçatini olib kelib, guruhimizdagilarning deyarli hammasining şartnomasiga muhr qöyib, özi imzo qöyib bergandi. 30 nafar yurist bir yumalab, öşa xususiy korxonaga «işga kirib» qolgandik ))

Bunda barça aybni OTMlarga yuklamoqçi emasman. Ulardan ham hisobotlar söraşsa kerak. Öşançun yuqoriga beriladigan hisobotlarda «90% bitiruvçilar işga joylaşdi» deyiş uçun ham talabalarga aqlga siğmaydigan mantiqsiz talablar qöyiladi. Qoğozlarda, statistikada hammasi çiroyli bölişi uçun.

Işga joylaştiriş tartibining zörligini qarang: talabaning qöliga uç tomonlama şartnoma berib, «qayergadir işga joylaşiş kafolatini olib kel, yöqsa imtihonlarga kirmaysan (diplomingni olmaysan)» deyişadi, böldi. Şu bilan hamma işli, hamma baxtli. Qanday ajoyib!

Işga joylaştirişning dunyoda muqobili yöq bunaqa tizim faqat bizda bölsa kerak.

❗️UNUTMANG: OTM rahbariyatining işga joylaşganlik töğrisidagi uç tomonlama şartnoma talab qilişiga va olib kelmagan talabalarni imtihonlarga qöymaslikka haqqi yöq!!!

Yetar endi, közböyamaçilikni tugata qolaylik...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek