Bitiruvçi talabalar işga joylaşişga majbur emas
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganBitiruvçi talabalar işga joylaşişga majbur emas
Avvalroq kanalim orqali «Işga joylaştirişning zargarona tizimi» sarlavhali post yozgandim.
Unda OTMlarda hamma bitiruvçilar iş bilan taʼminlanayotganligi haqida yolğon statistikani şakllantiriş maqsadida talabalardan işga kirganligi töğrisida maʼlumotnoma talab qilişlari, yöqsa yakuniy imtihonlarga kiritmaslik yoxud diplomini berişdan boş tortiş kabi holatlar haqida yozgandim.
✅ Aslida OTM maʼmuriyatining bunday talabi qonunga zid. Talabalar mustaqil işga joylaşişga yoki özlari iş topib, uç tomonlama şartnoma olib kelişga majbur emas.
Byudjetda öqiganlarni iş bilan taʼminlaşning alohida tartibi bor. Taqsimot komissiyasi byudjetda öqigan bitiruvçilarni öz mutaxassisligi böyiça iş bilan taʼminlaşi va yöllanma berişi kerak. Boşqaça aytganda ularni davlatning özi işga yönaltiradi va 3 yil davomida ular işlab bergaç, diplomining asl nusxasini berişadi. Batafsil.
Tölov-kontraktda öqiganlar esa erkin quş. Istasa öqigan sohasi böyiça işga kiradi, istasa umuman boşqa yönalişga ötib ketadi, istasa uyida mazza qilib yotadi (lekin unaqa qilmanglar, işlaş kerak).
❗️Şu sababli mabodo qaysidir OTM maʼmuriyati talabalardan mehnat daftarçasi yoki işga joylaşganlik töğrisida maʼlumotnoma talab qilişsa va diplomni berişdan boş tortişsa, unda bu talab noqonuniy ekanligini ularga tuşuntiring. Şunda ham tuşunişmasa, tegişli taşkilotlarga şikoyat qiling.
👉 @xushnudbek 👈
