Huquqiy ong va madaniyatni oşirişga doir Prezident farmoni
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oşirişga doir Farmon
2019-yil 9-yanvar kuni «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida» Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.
Farmonda:
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga doir işlar samaradorligini yanada takomillaştiriş;
- fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy özgarişlar bilan uyğun ravişda huquqiy bilimlarini oşirib borişning zamonaviy usullarini joriy etiş;
- aholini, ayniqsa, yoşlarni zararli axborotlardan himoya qiliş böyiça mustahkam huquqiy immunitetni şakllantirişga doir vazifalar belgilandi.
Xususan:
👉 Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi hamda qöşimça huquqiy maʼlumotlar (yuridik luğat, huquqiy adabiyotlar elektron maydonçasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi böyiça onlayn forum va boşqalar) yetkaziş tizimini öz içiga oladigan milliy huquqiy internet portali yaratiladi;
👉 aholiga bepul maslahat beriş portalini öz içiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimi yaratiladi;
👉 umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir öquv maşğulotlari kölami yanada kengaytiriladi;
👉 aholining kundalik hayotida köp uçraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qöllanmalar tayyorlanadi va xonadonlarga bepul tarqatiladi;
👉 aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga munosib hissa qöşgan davlat organlari va taşkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oşirişda körsatgan xizmatlari uçun topşiriladigan “Huquqiy tarğibot işlari aʼloçisi” kökrak nişoni taʼsis etiladi.
Farmonni batafsil öqiş - http://lex.uz/pdfs/4149765

