Inson huquqlari böyiça Milliy strategiya tasdiqlandi
«Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining
Milliy strategiyasini tasdiqlaş töğrisida» Prezident Farmoni imzolandi.
Unga köra, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi hamda uni amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.
Inson huquqlarini himoya qiliş va inson huquqlari madaniyatini oşirişda körsatgan xizmatlari uçun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topşiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uçun” kökrak nişoni taʼsis etiladi.
Yöl xaritasiga binoan, quyidagi qonun loyihalarini işlab çiqiş belgilangan:
- Jinoyat kodeksining yangi tahriri;
- Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahriri;
- Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining yangi tahriri;
- Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahriri;
- Fuqarolik kodeksining yangi tahriri;
- Mehnat kodeksining yangi tahriri;
- Uy-joy kodeksining yangi tahriri;
- Tadbirkorlik kodeksi;
- Soğliqni saqlaş kodeksi;
- Ekologiya kodeksi;
- “Favqulodda holat töğrisida”;
- “Özbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar töğrisida”;
- “Advokatura va advokatlik faoliyati töğrisida”;
- “Teng muomala qiliş va kamsitmaslik töğrisida”;
- “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonunning yangi tahriri;
- “Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy maqomi töğrisida”;
- “Bepul yuridik yordam töğrisida”gi qonun loyihasi;
- “Xususiylaştiriş töğrisida”;
- “Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari töğrisida”;
- “Majburiy tibbiy suğurta töğrisida”;
- “Mehnat migratsiyasi töğrisida”;
- “Ijtimoiy suğurta töğrisida”;
- “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatçilik palatasi töğrisida”.


