Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Aliment böyiça qarzdorlarga çeklovlar joriy etilişi mumkin

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Aliment böyiça qarzi borlarga maşina haydaş va uylaniş taqiqlanişi mumkin

Prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq Adliya vazirligi va Boş prokuratura uç oy muddatda aliment tölovlarini undiriş tizimi samaradorligini oşiriş yuzasidan qonun loyihasini işlab çiqiş vazifasi topşirildi.

Qonun loyihasida, şu jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

a) aliment böyiça qarzdorlik mavjud bölganda qarzdorlik töliq bartaraf etilguniga qadar:

➖ qarzdorning transport vositasini boşqariş huquqini vaqtinça çeklaş;

➖ qarzdorga litsenziya va ruxsat beriş xususiyatiga ega bölgan davlat xizmatlarini vaqtinça körsatmaslik;

b) aliment böyiça qarzdorlik mavjudligini nikoh tuziş uçun monelik qiladigan holat sifatida belgilaş.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1145
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek