Farğonadagi Xalq banki filialida 100 ming dollar yöqoldi

Matn8-fevral, 2019, 12:501 daqiqa0 koʻrish

Farğonadagi «Xalq banki» tuman filialida 100 ming AQŞ dollari yöqoldi

Tuman IIB navbatçilik qismiga 2019-yilning 05-fevral kuni soat 23-40 da AT “Xalq banki” tuman filiali tomonidan berilgan xabar hamda bank boşqaruvçisi tomonidan berilgan arizada, bank ğaznasidan özbek sömi ekvivalenti 838 mln. söm bölgan 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağlar yöqligi, bu haqda şu kuni soat 20-00 larda ğaznani yopiş vaqtida aniqlanganligi körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi va içki işlar bölimi tezkor xodimlaridan iborat tarkibda tezkor-tergov guruhi tuzilib, xolislar va tegişli mutaxassislar jalb qilingan holda voqea joyi közdan keçirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 05.02.2019-yilda tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi boşliği tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek