TDYUU uçun test sinovlaridagi fanlar taqsimoti özgardi

Matn7-fevral, 2019, 19:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

RASMAN: Toşkent davlat yuridik universiteti uçun test sinovlaridagi fanlar taqsimoti özgardi

Davlat qabul komissiyasining 2019-yil 31-yanvardagi 15-son majlis bayoniga binoan, 2019/2020 öquv yilidan boşlab Toşkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari böyiça)» bakalavriat taʼlim yönalişi uçun test böyiça muvofiq keluvçi fanlar majmuasi quyidagiça belgilandi:

👉 Ona tili va adabiyoti fani böyiça — 3,1 ball;

👉 Çet tili fani böyiça — 2,1 ball;

👉 Tarix fani böyiça — 1,1 ball.

TDYUU maʼmuriyati ham uşbu özgarişni tasdiqladi. Ularning taʼkidlaşiça, talabalarda yurist kadrlar uçun muhim ahamiyat kasb etadigan tahliliy fikrlaş, yangi bilimlarni mustaqil ravişda egallaş hamda ulardan foydalaniş, huquq normalarini şarhlaş va qöllaş kabi bilim hamda könikmalarni şakllantiriş uçun til biliş qobiliyati, şu jumladan xorijiy tillarni mukammal özlaştiriş zarur. Şu sababli fanlar taqsimoti özgargan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing