Murodilla Eşmatov Xalq banki raisi etib tayinlandi
Viloyat hokimi örinbosari Xalq bankiga rais böldi
Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari Murodilla Yoquboviç Eşmatov Xalq bankiga yangi rais etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
U 1995-yildan Markaziy bank tizimida faoliyat körsatgan. 2005-16 yillarda Markaziy bank raisi örinbosari va raisning birinçi örinbosari bölgan, 2016-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Xalq bankining avvalgi raisi Abdurasul Abdullayev mart oyi oxirida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari — «Özbekçorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangandi.
👉 @xushnudbek 👈

