Yaxşilik va yomonlik uçun beriladigan ajr haqida hadis
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payğambar sollallohu alayhi vasallam Öz Robbilaridan rivoyat qilib aytadilarki:
«Albatta, Alloh yaxşiliklar va yomonliklarni yozib qöydi. Söngra öşani bayon qildi. Kim bir yaxşilikni qasd etsayu, unga amal qilmasa, Alloh uni Öz huzurida barkamol bir yaxşilik qilib yozib qöyadi. Agar uni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh azza va jalla uni Öz huzurida öntadan yetti yuz yaxşilikkaça, undan ham bir neça marta köp qilib yozadi. Agar bir yomonlikni qasd etsayu unga amal qilmasa, Alloh uni Öz huzurida bir yaxşilik qilib yozadi. Agar u (yomonlik)ni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh uni bir yomonlik qilib yozadi», dedilar».
Beşovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Uşbu hadisda Islom şariatining gözalligi, qançalik darajada yaxşilik tarafdori ekaniyu, yomonlikka qançalik qarşi ekani bayon qilinmoqda. Asosan esa, qilingan amalga beriladigan ajru savob bandaning ixlosiga qarab bölişi aytilmoqda. Çunki, bir xil niyat bilan bir xil amalni bajargan kişilarning biriga ön hissa, ikkinçisiga yetti yuz hissa, uçinçisiga undan bir neça barobar köp savob berilişi avvalo ixlosga qarab böladi.
Ixlos bilan qilingan ibodatning savobi ana şundoq köp böladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobi asosida.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


