Hidoyatga va yaxşilikka çaqirişning ajri haqida hadis

Matn28-aprel, 2021, 19:181 daqiqa0 koʻrish

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir hidoyatga çaqirsa, unga öziga ergaşganlarning ajrlariça ajr böladi. Bu esa ularning ajrlaridan heç narsani kamaytirmaydi. Kim bir zalolatga çaqirsa, unga öziga ergaşganlarning gunohlariça gunoh böladi. Bu esa ularning gunohlaridan heç narsani kamaytirmaydi», dedilar».

Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.

Yaxşilik qiliş juda savobli iş. Şu bilan birga, ana şunday yaxşilikka çaqiriş, işorat qiliş, unga yöllab qöyiş ham nihoyatda yaxşi işdir. Öşa yaxşilikni qilgan odam qança savob olsa, mazkur yaxşilikka dalolat qilgan odam ham öşança savob, ajr oladi.

Bugungi kunimizda matbuot va axborot vositalari öta taʼsirli taşviqot quroli ölaroq keng jamoatçilikni yaxşilikka, xalqni birdamlikka çaqiriş vositasi bölişi kerak. Şuningdek, ovoz va surat, yozuv va körsatuv hamda boşqa vositalar orqali ilm-maʼrifat, odob-axloq tarqatiş omili bölişi lozim. Xuddi şu örinda yaxşilikka çaqiruvçi matbuot va axborot vositalari xodimlarining işlari öta savobli ekaniga yuqoridagi hadisi şarif dalil böla oladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek