Taksiçilik uçun litsenziyalaş tartibi bekor qilingani yöq
❗️Taksiçilik uçun litsenziyalaş tartibi bekor qilingani yöq
Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yil 1-yanvardan boşlab taksiçilik uçun litsenziyalaş tartibi bekor qilinişi haqida xabarlar tarqaldi. Ammo uşbu xabar haqiqatga töğri kelmaydi.
Keça Prezident farmoniga binoan, bir qator faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi bekor qilingan edi. Töliq röyxat mana bu yerda (t.me/uzauz/278).
Uşbu röyxatda quyidagiça band bor:
«Avtomobil transportida yölovçilarni va yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyatini litsenziyalaşda:
- yuklarni avtomobil transportida şaharda va şahar atrofida taşiş faoliyati;
- yuklarni avtomobil transportida şaharlararo taşiş faoliyati».
Köpçilik şu bandni taksiçilarga ham taalluqli deb tuşunibdi. Ammo bu faqat yuk taşiş faoliyatiga taalluqli.
❌ Odam taşuvçi taksiçilarga litsenziyalaş tartibi bekor bölmadi, u haliyam öz kuçida turibdi.
Avvalroq 60 dan ziyod kasblar qatorida taksistlar ham özini-özi band qilgan fuqarolar sifatida daromad soliğidan ozod qilinişi taʼkidlangandi, ammo keyinçalik tasdiqlangan kasblar röyxatidan negadir taksiçilik örin olmadi. Keyinçalik taksistlar uçun alohida tartib bölişi va yaqin orada eʼlon qilinişi aytilgandi, ammo hozirça bunday tartib eʼlon qilinmadi.
Bizda rasmiy faoliyat yuritmaydigan taksiçilar soni köpligi taʼkidlanadi, ammo qonuniy taksiçilik faoliyati bilan şuğullaniş juda qiyin va byurokratik jarayonlarga töla ekanligi, birovga xalaqit bermay öz oilasini boqayotgan yurtdoşlarimizning faoliyatini soddalaştiriş kerakligi haqida ham doimiy ravişda aytib kelinadi.
👉 @xushnudbek 👈
