Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşdi
Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan uçraşdi
Bugun davlatimiz rahbari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabining oçiliş marosimida iştirok etdi va şu maktabning özida yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi.
Tadbirda köpçilik qatori iştirok etiş nasib qildi. Salkam 5 soat bölgan uçraşuv ança kötarinki ruhda ötdi. Yangi yildan oldin Prezident yoşlar bilan fikr almaşdi, loyihalarni eşitdi, har bir taklifga öz munosabatini bildirdi.
Şuningdek, uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev Yoşlar ittifoqi negizida Yoşlar işlari agentligi taşkil etiş taşabbusini bildirdi.
Yoşlarga yönaltirilgan tele- va radiokanallar, bosma naşrlarni birlaştirib, «Yoşlar media xoldingi» taşkil etiş taklifi ham bildirildi.
«Yangi Özbekistonni, albatta, yoşlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoşlarga oid davlat siyosatida tub buriliş yili böladi», – deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.

