Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev fevral oyida Rossiyaga boradi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

​​Şavkat Mirziyoyev fevral oyida Rossiyaga boradi

Şavkat Mirziyoyev 2020-yilning 5-fevralida Rossiyaga taşrif buyurişni rejalaştirgan. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Neʼmatov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib ötgan.

«Fevral oyi boşida. Bu protokolga boğliq, qolaversa Yangi yil. Ammo hozirça 5-fevral deyişmoqda. 5-fevralga tayyorlanyapmiz: Rossiya tomoni ham, Özbekiston tomoni ham. Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev Özbekiston va Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaş va rivojlantirişga katta ahamiyat bermoqda», degan diplomat.

Nematovning sözlariga köra, Şavkat Mirziyeyov Rossiya prezidentida 9-may kuni Moskvada ötkaziladigan Ğalaba kuni bayramida iştirok etiş uçun ham taklif olgan.

«Vladimir Vladimiroviç Putindan taklifnoma borligini bilaman. Öşa yerda hamma yiğiladi. Öylaşimça, Özbekiston prezidenti ham u yerga boradi. Taklifnoma bor, albatta, uşbu taklif qabul qilingan», degan vazir örinbosari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek