Ruslanbek Davletov ajralishlar statistikasini e'lon qildi
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov özining Facebook’dagi sahifasida taʼsirli videorolikni ulaşdi.
“23000. Bu raqam qaysi sohaga tegişli, deb öylaysiz?
Agar u insonlar taqdiri bilan boğliq statistika, deydigan bölsak, holat yanada jiddiylaşadi.
Bu 2019-yilda FHDY organlari orqali nikohi bekor qilingan holatlar statistikasi. Juda katta va qörqinçli.
Eng yomoni, ajraliş natijasida neça-neça murğak qalblar vayron bölyapti, yetim qolyapti. Bu narsani heç qanday statistik raqamlar bilan baholab bölmaydi. Bu jarohat izi farzand qalbida umrbod qoladi.
Şu muammoga ozgina bölsa ham aholining eʼtiborini qaratiş maqsadida, kiçkina videorolik tayyorladik. Xulosa özingizdan, öylab köring.
Maʼlumot uçun, şu davrning özida 195 mingta nikoh ham qayd etilgan”, - deya izoh qoldirgan Ruslanbek Davletov.
