Pasporti yöq abituriyentlar hujjat topşiriş tartibi
Pasporti yöqolgan yoki almaştiriş uçun topşirgan abituriyentlar nima qiladi?
#abituriyent
Ayrim hollarda abituriyentlar pasportini bexosdan yöqotib qöyadi, yoki turli sabablar bilan pasport almaştiriş (yangisini oliş) uçun hujjat topşirgan böladi.
Abituriyent hujjatlarini “pasport stol”ga topşirgan bölsa-yu, lekin hali yangi pasporti tayyor bölmagan va eng asosiysi hujjat topşirişning eng söngi sanasigaça (15-iyul) tayyor bölişiga közi yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topşirişi zarur:
1) pasport almaştiriş uçun ariza topşirgan “pasport stolga” yuzaga kelgan vaziyat töğrisida murojaat qilinadi;
2) IIB haqiqatdan pasport almaştiriş uçun topşirganligini tasdiqlab, maxsus 09-şakl (Forma-09) körinişidagi maʼlumotnoma töldirib beradi;
3) 09-şaklda fuqaroning surati va pasportda körsatilişi zarur bölgan maʼlumotlar (identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami) aks ettirilib, uşbu maʼlumotnoma maxsus muhr bilan tasdiqlanadi;
4) tayyor bölgan 09-şakl vaqtinçalik pasport örnini bosadi;
5) uşbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topşiriş mumkin.
Bu hujjat topşirgungaça bölgan vaziyat uçun taalluqli javob.
Lekin boşqa vaziyatlarda, yaʼni abituriyent röyxatdan pasport orqali ötgan bölsayu, ammo testgaça pasportini yöqotib (öğirlatib, şikast yetkazib) qöygan bölsa, unda 09-şakl bilan test sinovlariga kiritiladimi yoki yöqmi, degan savolga menda aniq javob yöq.
Şuningdek, yuqoridagi holatning teskarisi bölişi mumkin, yaʼni 09-şakl bilan röyxatdan ötib, testgaça pasporti tayyor bölgan bölsa, pasport bilan kirişi mumkinmi yoki 09-şakl bölişi şartmi?
Menimça, ikkala holatda ham testga kirişda muammo bölmasa kerak. Yana ham rasmiylar bu vaziyatga oydinlik kiritişlarini sörab qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈

