Şaxsiy kutubxona uçun maxsus ştamp va elektron katalog
Foto16-iyun, 2019, 22:101 daqiqa0 koʻrish
Ançadan buyon öylab yurgan, lekin sira hafsala qilmayotgan rejani nihoyat amalga oşirdim. Şaxsiy kutubxonamizdagi kitoblar uçun maxsus ştamp yasattirdim.
Endi esa vaqt bölganda hamma kitoblarimizni ştamplab, raqamlab, elektron katalogini şakllantiraman. Har holda ança-munça kitob yiğilib qolgan.
Sizga ham şaxsiy kutubxonangizning elektron katalogini tuzişni tavsiya qilaman. Özi internetda #mening_shaxsiy_kutubxonam xeştegi bilan fleşmob taşkillaştirsak bölarkan. Nima dedingiz?
