JIDU va Temir yöllarga hujjat topşiriş tartibi eʼlon qilindi
JIDU va Temir yöllarga hujjatlar faqat özida qabul qilinadi
#abituriyent
Davlat test markazi vanihoyat Telegramda rasmiy kanal (@rasmiydtm) oçibdi. Bungaça DTM nomi bilan faoliyat olib boradigan barça kanallar soxtaligi haqida avval ham bayonot berişgandi.
DTMning rasmiy kanali qabulga oid maʼlumotlarni bera boşladi. Ular orasida yangi gaplar ham bor:
1) uçta yönalişni tanlayotganda nafaqat fanlar ketma-ketligi mos bölişi kerak, balki taʼlim tili ham bir xil bölişi şart. Yaʼni ikkitasini özbek tiliga, 1 tasini rus tili (yevro)ga topşirib bölmaydi. Yoki uçalasi ham özbek, yoki uçalasi ham rus tili bölişi kerak.
2) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toşkent temir yöl muhandislik institutiga hujjat topşiriş uçun faqat öşa OTMlarning öziga (yaʼni Toşkentga) boriş kerak. Xabaringiz bor, qolgan OTMlar uçun esa Toşkentga (OTMning öziga) keliş şart emas. TDYUU uçun istalgan tumandagi DXMga boriş kerak, qolgan OTMlar uçun istalgan OTMga boriş kifoya.
Nima uçun JIDU va ToşTYMIga albatta öziga boriş kerak?
Birinçidan, JIDUning qabul tartibi boşqalardan farq qiladi. Ularda qabul 5-iyulgaça (15-iyul emas) davom etadi, şuningdek, testgaça universitetning özida birlamçi saralaş bosqiçi böladi.
Ikkinçidan, ToşTYMIda talabaning salomatiligi ham muhim, şuning uçun abituriyentlar hujjat topşirişda tibbiy komissiya nazoratidan ham ötadi.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
