Abituriyentlar uçun onlayn hujjat topşiriş tartibi
Abituriyentlar DTM sayti va Yagona portal orqali hujjat topşirişlari rejalaştirilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan şunga oid qaror loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi.
Loyihaga köra, abituriyentlar ötgan yili bölgani kabi Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topşiriş tartibi bekor qilinib, uning örniga DTM veb-sayti orqali onlayn hujjat topşiriş imkonini yaratiş taklif etilmoqda.
Öz navbatida bizda bir qança savollar paydo bölmoqda:
1) bu özgariş qaçon kuçga kiradi? Qabul boşlanişiga atigi 13 kun vaqt qoldi axir. Loyiha esa 17-iyungaça muhokama bölar ekan, hali tasdiqlangungaça yana bir 20 kun ötsa kerak. Yoki ötgan yillarda bölgani kabi rasmiy qarorda boşqa gap, amaliyotda boşqaça jarayon böladimi?
2) DTM sayti bunça katta bosimni kötara oladimi? Ötgan yillarda qabul komissiyalari DTM serverlari qotib qolayotganligi sababli, abituriyent maʼlumotlarini bazaga kirita olmayotganidan şikoyat qilişgan edi. Joriy yilda ham şunaqa bölmaydimi?
3) Özi qabulga oid yangiliklar qaçon rasman aniq böladi?
👉 @xushnudbek 👈



