Jarimalarni 30 foizlik çegirma bilan tölaş tartibi belgilandi
Yaxşi yangilik! Jarimani öz vaqtida tölaganga çegirma belgilandi
Şavkat Mirziyoyev Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni jarima soliş töğrisidagi qarorni ijro etişning soddalaştirilgan tartibini nazarda tutuvçi modda bilan töldiriş töğrisidagi qonunga imzo çekdi.
Unga köra, huquqbuzar unga jarima soliş töğrisidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kun içida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravişda tölagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini tölaşdan ozod qilinadi.
Boşqaça aytganda dastlabki 15 kun içida jarima miqdorini 30%lik çegirma bilan tölaş mumkin.
✅ Soddalaştirilgan tartib quyidagi hollarda qöllanilmaydi:
• maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uçun sud tomonidan jarima solinganda;
• jarima soliş töğrisidagi qaror ustidan şikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
• xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan, yaʼni bugundan eʼtiboran kuçga kirdi.
👉 @xushnudbek 👈
