Ibodat libosida yurganlik uçun javobgarlik bekor qilindi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganJamoat joyida ibodat libosida yurganlik uçun javobgarlik bekor qilindi
«Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi.
Qonundagi asosiy özgarişlar quyidagilardan iborat:
✅ Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklov bekor qilindi;
(4-iyulga qadar amalda bölgan qonunning 14-moddasiga köra Özbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy taşkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasdi).
✅ Diniy taşkilot tuziş uçun taşabbuskorlar soni 50 nafar etib belgilandi;
(eski qonunning 8-moddasiga köra 100 nafardan kam bölmasligi kerak edi).
✅ Diniy taşkilotni röyxatdan ötkaziş böyiça berilgan arizani körib çiqiş muddati 1 oy etib belgilangan;
(eski qonunning 11-moddasiga köra bu muddat 3 oyni taşkil qilardi).
✅ Diniiy taşkilot rahbarining Özbekiston fuqarosi bölişi töğrisidagi talab çiqarib taşlandi;
✅ Diniy taşkilotni davlat röyxatidan ötkazişda mahalla fuqarolar yiğinlari roziligini oliş tartib-taomili mutlaqo bekor böldi.
❗️Endi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-1-moddasi (Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişi) ham öz ahamiyatini yöqotdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 9
