Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Otabek Nuriddinovning ma'muriy qamog'i va qonun ustuvorligi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Fuqaro

Otabek Nuriddinov ismli fuqaro (blogerdan köra, fuqaro maqomi muhimroq) maʼmuriy javobgarlikka tortilgani hamda unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qöllangani haqida köp yozişmoqda.

«Otabek Nuriddinovga ozodlik» deya hayqirmoqçi emasman, çunki aslida voqea nima bölganidan bexabarman. Rosti O.Nuriddinovni tanimas va kuzatmas ekanman, şu sababli uning aybsiz ekanligi haqida qölimda fakt yöq. Men söraydigan va talab qiladigan yagona narsa – barçasi qonun asosida, oçiq va şaffof bölsin.

Agar davlat siri bilan boğliq joyi bölmasa, biz ham (jamoatçilik) bilaylik, öşa fuqaro nima uçun maʼmuriy javobgarlikka tortildi, javobgar özini qanday himoya qildi, kimlar guvoh böldi, advokat qatnaşdimi, qatnaşgan bölsa, himoya pozitsiyasini qanday olib bordi, sud öz qarorinini qabul qilayotganda qaysi dalillarga asoslandi, agar javobgar sud qaroridan norozi bölsa, unga şikoyat qiliş va himoyalaniş huquqi yetarli darajada taʼminlandimi va h.k. Sud qarorini töliq eʼlon qilişsa yaxşi bölardi.

Masalan, menga qiziq joyi – propiska masalasidagi işlar maʼmuriy sudlarda 1 oydan köproq davom etadi, orqa eşikka örnatilgan parda masalasi esa ayrim holatlarda 2-3 oy köriladi. Boşqa işlar ham sudlarda yaxşigina çöziladi. Biroq negadir tuhmat, haqorat hamda mayda bezorilik ayblari körilayotganda bir neça soatda sud qaror qabul qiladi. Qonunan bu notöğri emas, bunga sud töla haqli, tuşunaman. Ammo baribir bularning barçasi menga juda ğalati körinadi.

Umuman olganda savollar köp. Jamoatçilikka yetarli maʼlumot berilmasligi şubha va gumonlarni oşiradi xolos.

Yuqoridagi fikrimni yana qaytarmoqçiman, Özbekiston Respublikasi fuqarosi degan maqom bloger degan maqomdan yuz çandon balandroq. Yaʼni qonuniylik faqat blogerlar uçun emas, barça Özbekiston fuqarolari uçun birdek işlaşini orzu qilaman.

Bloger aslida kim? Qonun böyiça, ijtimoiy tarmoqda sahifasi bor barça şaxslar — bloger. Aytaylik, agar Feysbukda 2 mln özbekistonlik sahifa oçib, fikrlarini yozib borsa, demak, bilingki, öşa 2 mln fuqarolarning barçasi bloger hisoblanadi. Qonunda şunaqa yozilgan.

Şu nuqtai nazardan barça fuqarolarning manfaatlari birdek, teng himoya qilinişi, ijtimoiy tarmoqqa umuman kirmaydigan çekka bir qişloqdagi hamyurtimizning huquqlari jurnalist yoki blogerlarning huquqlaridan kam bölmasligi, ular bilan tengma-teng qonun himoyasida bölişi lozim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. 2020-yilga hali nom berilmadi

    01 daqiqa

Yana oʻqing