Samarqand va Andijon talabalari uçun bepul transport
Samarqand va Andijon viloyatining talaba yoşlari diqqatiga!
Samarqand viloyat hokimligi Toşkent şahrida tahsil olayotgan talaba yoşlarni viloyat transport boşqarmasi tomonidan bepul olib keliş çoralarini körmoqda.
2020-yil 18-mart kuni soat 9.00 va 10.00-da “Toşkent” avtovokzalidan Samarqand şahriga homiylar kömagida bepul avtobuslar yölga çiqadi.
Samarqand viloyatidan bölgan talaba yoşlar 18-mart sanasida “Toşkent” avtovokzaliga kelib körsatilgan vaqtlarda yölga çiquvçi avtobuslardan foydalaning!
===
Şuningdek, Andijon viloyat hokimligi hamda transport boşqarmasi taşabbusi bilan Toşkent şahridan Andijon viloyatiga ketişi rejalaştirgan talaba yoşlar va fuqarolarni olib keliş maqsadida 17-mart soat 17:00-da Andijon şahridan Toşkent şahriga 20 dona yengil avtomobillardan taşkil topgan “Avtokarvon” yölga çiqdi.
Uşbu avtakarvon 18-mart kuni soat 09:00-da Toşkent şahrining “Qöyliq” avtoturargohidan yölovçilar bilan Andijon viloyatiga qaytadi. Mazkur avtokarvon bilan yölovçilar Andijon viloyatiga bepul olib ketiladi. Yölovçilar belgilangan muddatda “Qöyliq” avtoturagohiga yetib kelişlarini söraymiz.
Andijonlik talabalar murojaati uçun:
+99897-272-11-12
+99891-494-11-12
👉 @xushnudbek 👈



