Özbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 13 nafarga yetdi
⚡️Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga çalinganlar soni 13 nafarga yetdi
Sönggi maʼlumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan Özbekiston fuqarosi va Londonda bölib qaytgan yana bir fuqaromizning turmuş örtoğida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qatʼiy tibbiy nazoratda bölgan. Ayni paytga kelib, uşbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi.
Avvalgi bemorlar:
- 11-mart kuni Fransiyadan kelgan yurtdoşimiz (1), uning turmuş örtoği (2), öğli (3), qizi (4), nabirasi (5) va u bilan muloqotda bölgan yana bir şaxs (6);
- 15-mart kuni Istanbul–Toşkent yönalişidagi 274-reys bilan kelgan Özbekiston fuqarosi (7), uning turmuş örtoği (8) va yana bir fuqaro (9);
- 14-mart kuni London–Toşkent yönalişidagi 201-reys bilan kelgan hamyurtimiz (10);
- Dubaydan kelgan yurtdoşimiz (11).
👉 @xushnudbek 👈

