Mustaqil fikrga ega bölmagan yoşlar haqida xavotirlar

Matn11-iyun, 2018, 10:461 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oxirgi gap-sözlarda faqat birgina jihati men uçun ahamiyatli. Öz mustaqil fikriga ega bölmagan va dunyoqaraşi öta tor yoşlarimiz soni köpligidan xavotirdaman. Ularga buyruq berilsa, har narsaga tayyor. Qilayotgan işi, yozayotgan gapining oqibatini öylab ham körmaydi, öylasa ham baribir tuşunmaydi. Haqorat, tuhmat, ğiybat, safsata nima, bularning farqiga bormaydi. Bu olomon oqimini xohlagan joyga buriş mumkin. Bunday zombilar juda qörqinçli. Har qanday inqilobni mana şunaqa yoşlar bilan boşlab yuboriş mumkinligi xavfli.

Endiii, kattalarga yaxşi köriniş va oçko işlab oliş uçun özini talabasiga mağzava ağdaradigan ayrim iğvogar öqituvçi dars bergandan keyin, kim bölib ham yetişardi yoş avlod.

Baribir qörqdim, xavotir olyapman.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek