Vabo vaqtida sabr qilganlarga beriladigan ajr haqida hadis

Matn23-mart, 2020, 19:071 daqiqa0 koʻrish

Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar:
لَيْسَ مِنْ أَحَدٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ فَيَمْكُثُ فِي بَلَدِهِ صَابِرًا مُحْتَسِبًا يَعْلَمُ أَنَّهُ لَا يُصِيبُهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ شَهِيدٍ

“Biror banda yöqki, vabo tuşganida unga Alloh yozganidan özgasi yetmasligini bilgan holda öz şahrida sabr-la va savob umidida tursa, unga şahidning ajridek ajr bölur”.

Bu hadisni Imom Buxoriy Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilgan. Imom Ahmad esa bu rivoyatni uşbu lafzda ham keltirgan:
فَلَيْسَ مِنْ رَجُلٍ يَقَعُ الطَّاعُونُ فَيَمْكُثُ فِي بَيْتِهِ صَابِرًا مُحْتَسِبًا يَعْلَمُ أَنَّهُ لَا يُصِيبُهُ إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَهُ إِلَّا كَانَ لَهُ مِثْلُ أَجْرِ الشَّهِيدِ

“Biror banda yöqki, vabo tuşganida unga Alloh yozganidan özgasi yetmasligini bilgan holda öz uyida sabr-la va savob umidida tursa, unga şahidning ajridek ajr bölur”.

Hadis şarhida deyiladiki, öz şahrida yoki uyida vahimaga berilmasdan, Alloh taoloning amri va qazoi-qadariga rozi va taslim bölgan holida tursa.

Maşhur olim Ibn Hajar deydi: “Bu rivoyatdagi mantiq şuni taqozo etadiki, bu sifatlarga ega bölgan har bir kişi uçun şahidning ajridek ajr böladi, agarki vafot qilmasa ham”.

Yuqoridagi hadisi şarif kasallik tarqaliş vaqtida ehtiyot çoralariga rioya etiş va xotirjamlikni saqlaş, buning uçun Alloh taoloning Öziga suyaniş maʼnolarini öz içiga olişi bilan qimmatli.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek