Toşkent hokimi ijara beruvçilarga murojaat qildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Toşkent şahar hokimining ijara beruvçilarga murojaati
Bugungi kun barçamiz uçun sinov. Ana şunday sinovli kunlarda barçamiz bir-birimizni har qaçongidanda köproq qöllab-quvvatlab, yordamimizga muhtoj kişilarga qöl çözişimiz, oğirini yengil qilib, kömak berişimiz kerak.
Kuç birlikda! Bugun bir bölib, jipslaşib, dunyo gardaniga tuşgan dardni yengişimiz şart.
Şahrimizda ijarada yaşayotgan fuqarolarimiz bor. Ular orasida olis manzildan kelib yaşayotganlar ham bor. Ular bugun karantin qoidalariga rioya qilgan holda, öz oilalari bağridan uzoqda, ijara uylarda yaşaşmoqda. Ular orasida karantin sababli, vaqtinça işlamayotganlari ham bor. Bunday şaroitda albatta, ularga oson tutib bölmaydi. Bir tomondan ijara pulini tölaş, bir tomondan oilalarini ehtiyot qiliş, rözğor tebratiş masʼuliyati yelkalarida turibdi.
Şu bois, men ijara beruvçilarga şunday sinovli kunlarda sabrli bölib, ularning holatini töğri baholaşlarini, ijara pulini vaqtinça talab qilmay turişlarini söragan bölardim. Vaqtinçalik tölanmagan ijara haqqi esa keyinçalik tölab beriş şarti bilan ijarada turuvçi fuqarolarga taqdim etilsa, fikrimça, adolatli böladi. Sinovli kunlarda özaro işonç, hamjihatlik ham juda muhim.
Şuni bilingki, bu kunlar unutiladi, ammo yaxşilik unutilmaydi!
Toşkent şahar hokimi
Artikxodjayev J. A



