Senat raisi özbek tilining ahvoli yomonligini tanqid qildi
Senat raisi: «Tilimiz abgor holatga tuşib qolganiga özimiz aybdormiz»
Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev bugun boşlangan Senat yalpi majlisining 1-kunida özbek tilining davlat tili sifatidagi ahvoli yomonligi haqida alohida töxtalib ötibdi.
Gazeta.uz muxbirining xabar berişiça, Senat raisi «Davlat tili haqida»gi qonun ijrosi «yillar davomida deyarli öz holiga taşlab qöyilganligi» aniqlanganini taʼkidlabdi.
«Eng afsusli jihat şundaki, tilning ijtimoiy ongni şakllantiruvçi muhim omil sanalişiga va inson qaysi tilda sözlasa va fikrlasa, öşa tildagi mafkuraga moyil bölişiga ahamiyat qaratmadik. Aksinça, qonun ijrosini nazorat qilişga masʼul bölgan parlament huzuridagi Doimiy til komissiyasi hamda Atamaşunoslik qömitasi faoliyatlari tugatildi, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş işlari esa belgilangan muddatda töliq yakuniga yetkazilmadi», — dedi u.
«Bu kabi yana köplab kamçiliklar va hanuzgaça davom etayotgan qonunbuzarliklar, taʼbir joiz bölsa, qonunning egasiz va ojiz bölib qolgani oqibatida davlat tili nufuzi pasaymoqda.
Eʼtibor bering: önlab atamalar nafaqat kundalik isteʼmolda, balki normativ-huquqiy hujjatlarda ham heç bir izohsiz qöllanilmoqda. Turli yillar mobaynida Adliya vazirligidan röyxatdan ötkazilgan 154 ta normativ-huquqiy hujjatning ilovalari davlat tilida tasdiqlanmagan. Şuningdek, 2018-yilda qabul qilingan vazirliklar, davlat qömitalari va agentliklarning 34 ta qöşma qarori ham davlat tilida emas», - degan Senat raisi.
Şuningdek, Niğmatilla Yöldaşev TVdagi körsatuvlarda boşlovçilar turli şevalarda sözlaşini, nomi inglizça-yu, özi göyoki özbekça körsatuvlar til qoidalariga mutlaqo yotligini ham tanqid ostiga olgan.
Xullas, nima deyiş mumkin - Senat raisi Niğmatilla Yöldaşevga özimning çeksiz minnatdorligimni bildiraman! Endi bu gaplar şunçaki Senat binosi içida qolib ketmasdan, amalda yuqorida sanalgan muammolarga qarşi çin dildan harakat qilinadi degan umiddaman.
Özbek tilining abgorligi haqida jonkuyar vatandoşlarimiz juda köp tanqidiy çiqişlar qilişardi, ijtimoiy tarmoqlarda köp marta muhokama bölardi. Lekin tayinli özgarişni sezmaganmiz şu paytgaça.
Aytgança, yaqinda Adliya vazirligi barça taşkilotlarga hujjat loyihalarini özbek tilida muhokamaga qöyişni sörab xat yuborgandi. Senat raisi vazirlikning şu işlarini ham maqtab ketibdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
