Pensionerlar uçun yangi imtiyozlar va özgarişlar
Pensionerlar uçun xuşxabar
2018-yil 12-dekabr kuni pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oşiriş maqsadida PF-5597 sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Bunga köra:
👉 2019-yil 1-yanvardan boşlab barça işlovçi pensionerlarga pensiyalar töliq miqdorda tölanadi.
Ilgari qanaqa edi?
1996-yil 1-yanvardan boşlab işlovçi pensionerlarga 50% pensiya tölaş tartibi joriy qilingandi. Yaʼni agar xodim pensiyaga çiqsa va lekin işidan böşamasdan mehnat faoliyatini davom ettiraversa, iş joyidan oyligini töliq olardi, lekin pensiyasini 50%ini olardi. Agar işdan böşab, faqat pensiyaga çiqsa, unda pensiyani 100% olardi.
👉 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdori eng kam oylik iş haqining sakkiz barobaridan ön barobarigaça kötariladi.
Bu nima degani?
Bilasizki, pensiya miqdori maxsus hisob-kitob natijasida belgilanadi. Bunda Sizning iş stajingiz va olgan iş haqlaringiz muhim örin tutadi. Agar köp yil işlagan va katta oylik olgan bölsangiz, pensiyangiz baland çiqardi. Lekin qonunçilikka köra, har qança katta oylik olgan bölmang, baribir Sizning iş haqingiz maksimal 8 «minimalka» deb hisoblanardi, undan ortiği şunçaki çiqarib yuborilardi.
Masalan, bugungi kunda 8 «minimalka» 1 mln 621 ming söm böladi. Aytaylik, Sizning örtaça iş haqingiz 2 yarim million söm bölsa, pensiya hisoblayotganda faqat 1 mln 621 ming söm deb olinardi, qolgan 900 ming söm "qirqib" taşlanardi.
Endi şu miqdor 10 «minimalka»ga çiqarilyapti (bugungi kunda 2 mln 27 ming 300 söm). Bu esa köpçilikning pensiya miqdori kötariladi, deganidir.
P.S.: Lekin qonunçilik texnikasi böyiça bir muammo bölişi mumkin (aniq muammo böladi, demoqçi emasman). Gap şundaki, 8 «minimalka» haqidagi qoida «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida»gi qonunning 31-moddasida belgilangan edi. Prezident Farmoni bilan qonunga özgartiriş kiritiş imkoni yöq, bu mumkin emas. Qonunni özgartirmasdan uni amalga tatbiq etiş ham mumkin emas, çunki Qonun Prezident Farmonidan ustun turadi. 2019-yil 1-yanvargaça qonunga özgartiriş kiritişga ulgurişadimi, yöqmi, bunisini bilmadim. Buyoğini vaqt körsatadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
