Matn.uz: özbek tilidagi matnlar imlosini tekşiriş xizmati

Matn27-may, 2020, 22:361 daqiqa0 koʻrish

​​Matn.uz - özbek tilidagi matnlar imlosini tekşiriş xizmati

Özbek tili haqida köp gapiramizu, lekin ona tilimizga bağişlangan loyihalar ming afsuski unçalik köp emas.

Internetda, OAVlarda, gazeta va jurnallarda hamda kundalik hayotda imlo xatolari juda köp kuzatiladi. Şuning uçun matnni imlo xatolaridan tekşiradigan platformalarga ehtiyoj yuqori. Ançadan buyon hamfikr döstlarimiz bilan şu böyiça loyiha qilişni rejalaştirib yurar edik.

Hozirda sinov-test rejimida işlayotgan matn.uz saytida matnlar imlosini tekşiriş, imlo luğati, matnni lotin-kirill yozuvlariga ögiriş kabi funksiyalar işlab turibdi.

Şuningdek, platformaning Android va iOS tizimlari uçun mobil ilovalari ham işlab çiqildi.

- Android uçun köçirib oliş
- iOS uçun köçirib oliş

Eng asosiy jihati loyiha UMRBOD BEPUL maqomida böladi.

❗️Köngillilar diqqatiga!

Hozir loyihani yanada kengaytiriş ustida boş qotiryapmiz.

Xususan, yaqin kunlarda matn.uz platformasiga 80 mingdan ortiq söz va söz birikmasidan iborat Özbek tilining izohli luğatini joylaştirişni reja qilganmiz. Mualliflik huquqiga amal qilgan holda, albatta.

Buning uçun bizga yordamçi kuçlar kerak. Agar Siz özbek tili rivojiga beminnat yordam berişni istasangiz, unda quyidagi havola orqali köngillilar jamoasiga qöşiliş uçun ariza yuborişingizni iltimos qilamiz:

📨 ARIZA/ YUBORIŞ

Unutmang, özbek tilini özimiz rivojlantirmasak, çetdan kelib heç kim rivojlantirib bermaydi.

Loyiha kanali: @matnuzofficial

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek