Jalaquduqda pandemiya paytida piyoda yuriş aksiyasi ötkazildi

Foto27-may, 2020, 19:221 daqiqa1 koʻrishtahrirlangan

Mana bu Jalaquduqda ötgan piyoda yuriş aksiyasi.

Ijtimoiy masofa haqida gap-söz bölişi mumkin emas. Odamlar koronavirusga test topşirmagan. Nari borsa, isitma ölçangandir.

Endi rasmga yaxşilab eʼtibor bering. Iştirokçilarning katta qismi qariyalar. Otaxon va onaxonlar.

Pandemiya paytida eng köp asrab-avaylaşimiz kerak bölgan insonlar bu - keksalarimiz emasmi?! Axir aynan keksalarning hayoti köproq xavf ostida deb rosa javragan edikku! Qaysi vijdon bilan şunaqa sinovli paytda qariyalarimizni köçaga yonma-yon terib qöyib, piyoda yurdiryapmiz?

Bularni nazorat qiladigan biror inson bormi? Yoki hamma kör, hamma kar, hamma gungmi?

Keçirasizlaru, Özbekistonning boşqa çekkalarida hatto yaqin insoni vafot etsa ham tiriklar soğliğidan xavotir olingani uçun janozalarda odam köpaytirişga ruxsat berilmayapti. Uzoği 5-10 kişi bilan sönggi manzilga kuzatişmoqda. Buyoqda esa yuzlab odamlar yonma-yon piyoda yurmoqda.

Hammasi xöjakörsin, hammasi közböyamaçilik... Na xoxolab kulişingni bilmaysan, na ökirib yiğlaşingni...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek