Rahbar kadrlardan özbek tili sertifikati talab etiladi

Matn20-oktabr, 2020, 20:142 daqiqa0 koʻrish

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

Masʼul lavozimga tayinlanadigan şaxslardan özbek tilini biliş sertifikati talab etiladi

«Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident Farmoniga binoan:

👉 Vazirlar Mahkamasi uç oy muddatda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötişni taʼminlaş maqsadida işçi guruhi taşkil qiladi va aniq çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi “Yöl xaritasi” işlab çiqib, Prezident Administratsiyasiga kiritadi;

👉 2021-yil 1-apreldan boşlab özbek tili va adabiyoti böyiça bilimni baholaşning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy iş yuritiş darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan şaxslar uçun davlat tilini biliş böyiça daraja sertifikatlari joriy etiladi;

👉 Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazida özbek adabiy tili meyorlari va davlat tilida iş yuritiş böyiça qisqa muddatli (1–2 oygaça) öquv kurslari muntazam ravişda taşkil etiladi;

👉 özbek tilidagi mavjud luğatlar asosida uzluksiz taʼlimning barça turlari uçun quyidagi öquv luğatlarini yaratiş çoralari köriladi, şu jumladan:

➖ köp jildli “Özbek tilining izohli luğati”ning töldirilgan yangi naşri (kirill va lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida);
➖ “Özbek tilining imlo luğati”;
➖ “Özbek tili sinonimlari luğati”;
➖ “Özbek tili sinonimlarining katta izohli luğati”;
➖ “Özbek tili frazeologizmlarining katta izohli luğati”;
➖ “Özbek tili omonimlari luğati”.

👉 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan özbek tilidan jahonning yetakçi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan özbek tiliga tarjima qiluvçi kompyuter dasturi yaratiladi;

👉 2021-yil 1-yanvardan boşlab markaziy telekanallarda “Tilga eʼtibor”, “Ona tilida sözlaşamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat közgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoşlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum körsatuv va eşittirişlar taşkil qilinadi.

Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek