JIDU rektori tayinlandi va qabul tartibi özgardi

Matn2-avgust, 2018, 11:292 daqiqa0 koʻrish

JIDU haqida ikki oğiz

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida Hukumat qarori bilan Abdujabbor Abdusattoroviç Abduvohidov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajariş yuklangani maʼlum qilindi.

Sal avval Kun.uz naşri öz manbalariga tayanib, Taşqi işlar vaziri örinbosari Abdujabbor Abduvohidovni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, taʼlim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça Davlat maslahatçisi etib tayinlangani haqida yozgan edi.

Tuşunişimizça, Prezident davlat maslahatçisi bir paytda JIDU rektori v.b. vazifasini ham bajarib tursa kerak. Balki bu vaqtinçalikkadir, yaʼni toki rektorlikka asosiy nomzod tasdiqlangungaça. Balki doimiy ravişda şunday bölar, yaʼni Yuridik universitet rektori bir paytda Adliya vaziri örinbosari böladi, degandek. Lekin bu taxminlar xolos, hozirça rasmiy maʼlumot berilmadi.

Şuningdek, keça JIDU haqida yana bir muhim qaror eʼlon qilindi. Yaʼni Lex.uz portaliga Vazirlar Mahkamasining «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori joylaştirildi.

Qarorda JIDU bakalavriga hujjatlar 15-iyundan 5-iyulgaça qabul qilinişi, kiriş imtihonlari 2-bosqiçda bölişi, 1-bosqiçni Universitetning özi ötkazib, undan ötganlargina DTM taşkil qiladigan test sinovlariga kirişi, 1-bosqiçdan öta olmaganlar esa, testlarga qöyilmasligi va boşqa OTMlarga hujjat topşiriş huquqini saqlab qolişi haqida yozilgan.

Bundan taşqari JIDU magistraturasiga qabul qiliş tartibida faqat 2 ta fandan, yaʼni mutaxassislik hamda çet tilidan imtihon topşirilişi bayon qilingan.

Özi miş-mişlarga qaraganda barça OTMlardagi magistratura bosqiçiga faqat maxsus fan va çet tilidan imtihon bölişi mumkin ekan. Demokratik jamiyat quriş nazariyasi va informatika fanidan imtihon olib taşlanişi mumkin, deyişmoqda. Hozirça bu rasman tasdiqlangani yöq.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek